Prezident Shavkat Mirziyoyev OTB yig‘ilishida O‘zbekiston iqtisodiyoti 8,7 foiz o‘sishga erishganini, 150 mlrd dollar investitsiya jalb qilinganini va mamlakat “yashil energiya”, sun’iy intellekt hamda mintaqaviy logistika markaziga aylanayotganini bildirdi.
Davlat rahbari mamlakatda 2016 yildan buyon keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyot hajmi 147 mlrd dollarga etgan, eksport 3 barobar oshgan.
Prezident kambag‘allik 35 foizdan 5,8 foizga tushirilganini, 2030 yilgacha iqtisodiyotni 240 mlrd dollarga etkazish maqsad qilinganini ma’lum qildi.
Shuningdek, sun’iy intellekt, “yashil” energetika, transport yo‘laklari, kritik minerallar va turizm bo‘yicha yirik mintaqaviy tashabbuslar ilgari surildi.
Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda yangi moliyalashtirish va investitsiya platformalarini kengaytirish taklifini bildirdi.






