AsosiyJamiyat

Kusherboyev aliment to‘lamayapti degan iddaolar ortidan sudga tortildi

Sobiq deputat usbu masala bo‘yicha hozircha jamoatchilikka izoh bergani yo‘q.

'Kusherboyev aliment to‘lamayapti degan iddaolar ortidan sudga tortildi'ning rasmi

Rasul Kusherbayevdan voyaga yetmagan farzandi uchun aliment undirish bo‘yicha sud jarayoni 15 avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Sobiq deputat usbu masala bo‘yicha hozircha jamoatchilikka izoh bergani yo‘q.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudida sobiq deputat, Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayevga nisbatan aliment undirish bo‘yicha da’vo ishi yurituga qabul qilindi. Sud majlisi 2025 yil 15 avgust kuni soat 16:00ga belgilangan.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidovning ma’lumot berishicha, 2023 yil 5-oktabrda tug‘ilgan M.K. ismli voyaga yetmagan qiz farzandining moddiy ta’minoti uchun Kusherbayev daromadining ¼ qismini aliment sifatida to‘lab borishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, arizachi Sh.I. nogiron ayol bo‘lib, Kusherbayev bilan 2022 yilda tanishganini, undan farzand dunyoga keltirganini bildirgan. Ularning shar’iy nikohda bo‘lganini aytgan ayol sobiq deputatni moddiy yordam bermayotgani, hatto qarz va kreditlarini o‘ziga yuklamoqchi bo‘lganlikda ayblamoqda.

Kusherbayev hozircha bu masala bo‘yicha ommaga rasmiy izoh bergani yo‘q. Biroq ilgari ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan ba’zi bayonotlari, jumladan “Gender tengligiga tupurib qo‘ydim” kabi so‘zlari keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

    Boshqa yangiliklar