AsosiyDunyo

Hindistonda koʻcha itlarini tutishga qarshi namoyishlar boshlandi

Nyu-Delida hayvon huquqlarini himoya qiluvchi faollar ikki kundirki norozilik o‘tkazmoqda.

'Hindistonda koʻcha itlarini tutishga qarshi namoyishlar boshlandi'ning rasmi

NDTV telekanali politsiya tomonidan namoyishchilarning qo‘lga olinishi va avtobuslarda olib ketilishi aks etgan kadrlarni efirga uzatdi.

Faollar Hindiston Oliy sudining ko‘cha itlarini tutish, sterilizatsiya qilish va boshpanalarga joylashtirish haqidagi qaroriga qarshi chiqmoqda.

Ularning fikricha, bu chora muammoni hal qilmaydi, aksincha hukumat hayvonlar sonini nazorat qilish bo‘yicha amaldagi qoidalarga qat’iy rioya etishi lozim.

Oliy sud 11 avgust kuni olti–sakkiz hafta ichida 5 ming itni tutib, boshpanaga joylashtirishni buyurgan.

Bunga shaharda itlar hujumi holatlarining ko‘payishi sabab bo‘lgan — Nyu-Delida har kuni qariyb 2 mingta it tishlashi holati qayd etiladi. Hozir shaharda taxminan 1 million ko‘cha iti bor.

    Boshqa yangiliklar