Rossiya va AQSh prezidentlari telefon orqali suhbatlashib, Eron atrofidagi vaziyat, Ukraina bo‘yicha muzokaralar va jahon neft bozoridagi holatni muhokama qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp 9-mart kuni kechqurun telefon orqali mulogot qildi. Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, suhbat davomida xalqaro vaziyatdagi dolzarb masalalar muhokama qilingan.
Mulogotda asosiy e‘tibor Eron atrofidagi mojaro, shuningdek Ukraina bo‘yicha AQSh vakillari ishtirokida olib borilayotgan uch tomonlama muzokaralarga qaratilgan. Putin mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan takliflarini bildirgan.
Tramp esa AQSh va Isroil tomonidan olib borilayotgan harbiy operatsiya doirasidagi vaziyatga baho bergan hamda Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish orqali mojaroni tezroq hal qilish tarafdori ekanini ta’kidlagan.
Suhbat davomida ikki davlat rahbarlari Venesuela masalasi va jahon neft bozoridagi vaziyatni ham muhokama qilgan. Kreml ma’lumotiga ko‘ra, mulogot taxminan bir soat davom etgan va ishchan hamda konstruktiv ruhda o‘tgan.






