AsosiyJamiyat

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2030-yilgacha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi

Endilikda bu toifa uchun raqamli platformalar, soliq yengilliklari va elektron hamyonlar joriy etiladi.

'Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 2030-yilgacha maxsus huquqiy rejim joriy etiladi'ning rasmi

Kecha, 11-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevga yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga doir yangi tashabbuslar taqdim etildi.

Unga ko‘ra, 2030-yil 31-dekabrga qadar ushbu toifadagi fuqarolar uchun maxsus huquqiy rejim amaliyotga tatbiq etiladi.

Rejada quyidagi asosiy yo‘nalishlar belgilangan:

— Raqamli platformalar: Faoliyatni rasmiylashtirish, bank hisobvaraqlari ochish, soliq hisob-kitoblari va fiskal cheklarni yuritish yagona raqamli tizimda amalga oshiriladi.

— Elektron hamyon: Tadbirkorlar uchun daromad olish, xodimlarga to‘lov qilish, soliqlarni to‘lash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi elektron hamyonlar joriy etiladi.

— QR-kod va “tap to pay” texnologiyasi: 2025-yil 1-noyabrdan boshlab barcha hisob-kitoblar ushbu zamonaviy texnologiyalar orqali amalga oshiriladi.

— Masofaviy imzolash: Biometriya va SMS-xabarnoma orqali hujjatlarni elektron imzolash imkoniyati yaratiladi.

— Soliq yengilliklari: 2026-yil 1-yanvardan boshlab, yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz etib belgilanadi.

— Majburiy QR-kod : Elektron to‘lovlar uchun maxsus QR-kod’ga ega bo‘lish chakana savdo faoliyatida majburiy bo‘ladi.

Shuningdek, raqamli platformadagi pul aylanmalari kredit ajratishda asosiy mezonlardan biri sifatida inobatga olinadi. Prezident bu takliflarni ma’qullab, tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur chora-tadbirlar mamlakatda norasmiy bandlikni kamaytirish va kichik biznesning rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:47

    'Kusherboyev aliment to‘lamayapti degan iddaolar ortidan sudga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:13

    Kusherboyev aliment to‘lamayapti degan iddaolar ortidan sudga tortildi

    Sobiq deputat usbu masala bo‘yicha hozircha jamoatchilikka izoh bergani yo‘q.

    'Poytaxtning 5 ta koʻchasida avtomobillar uchun belgilangan tezlik 80 km/soatgacha oshirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 12.08.2025 18:18

    Poytaxtning 5 ta koʻchasida avtomobillar uchun belgilangan tezlik 80 km/soatgacha oshirilishi mumkin

    Tashabbus tirbandlik, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida ilgari surilmoqda.

    'TDTU: "Talabalar majburan harbiy hududga yuborilayotgani haqidagi xabar asossiz"'ning rasmi

    Jamiyat 12.08.2025 16:53

    TDTU: "Talabalar majburan harbiy hududga yuborilayotgani haqidagi xabar asossiz"

    Toshkent davlat tibbiyot universiteti ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "talabalar majburan harbiy harakatlar hududiga yuborilmoqda" degan xabarni rad etdi.

    'Noqonuniy diniy taʼlim uchun javobgarlik joriy qilinishi aytildi'ning rasmi

    Jamiyat 12.08.2025 15:14

    Noqonuniy diniy taʼlim uchun javobgarlik joriy qilinishi aytildi

    Voyaga yetmaganlarga noqonuniy va diniy tashkilotlarning ruxsatisiz diniy ta’lim berganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

    'O‘zbekistonliklar asosan necha yoshdan oila qurishayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 12.08.2025 15:00

    O‘zbekistonliklar asosan necha yoshdan oila qurishayotgani ma’lum bo‘ldi

    2025 yilning yanvar-iyun oylarida FHYO organlarida respublika bo‘yicha 95 275 ta nikoh holatlari qayd etilgan.