AsosiyJamiyat

Endi payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentda saqlanadi

Islom tsivilizatsiya markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olgan nusxalardan biri Imperator Hiroqlusga yuborilgan maqtublar rekonstruksiyasi namoyish etiladi.

'Endi payg‘ambarimiz Muhammad S.A.V dunyo hukmdorlariga yo‘llagan maktublar nusxasi Toshkentda saqlanadi'ning rasmi

Rasululloh (s.a.v.)ning dunyo hukmdorlariga yozgan maktublari papirusga ko‘chirilgan nusxasi O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan o‘rin olishi rejalashtirilmoqda.

Islom dinining keng yoyilishi va insoniyatni tavhidga da’vat qilish jarayonida Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) tomonidan yuborilgan diplomatik maktublar alohida tarixiy ahamiyatga ega. U zot (s.a.v.) Islom da’vatini yetkazish maqsadida dunyodagi yetakchi hukmdorlarga xat yozib, muhlab yuborganlar. 

Islom tsivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ana shunday ulkan ma’naviy va tarixiy qimmatga ega nusxalardan biri — Imperator Hiroqlus (Geraklius)ga yuborilgan maktubning ilmiy asoslangan rekonstruksiyasi namoyish etiladi.

Shu bilan birga, ekspozitsiyada Efiopiya, Misr, Bahrayn, Omon hukmdorlari, Fors shohiga yuborilgan maktublar nusxalari ham o‘rin olishi kutulmoqda. Ushbu xatlar nafaqat Islomning tinchlikparvar va diplomatik ruhini, balki Rasululloh (s.a.v.)ning siyosiy zakovati va insonparvarligini ham yorqin namoyon etuvchi tarixiy dalillardir.

Islom tsivilizatsiyasi markazi usbu eksponatlar orqali tashrif buyuruvchilarga Payg‘ambarimizning (s.a.v.) mislsiz rahnamolik faoliyati va da’vat metodini yaqindan anglash imkonini yaratadi.

    Boshqa yangiliklar