AsosiyDunyo

“Tolibon” ayrim ayollarni hibsga ola boshladi

Ayol-qizlar kiyim-kechak kiyish qoidalarini buzgan bo‘lgan.

'“Tolibon” ayrim ayollarni hibsga ola boshladi'ning rasmi

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati kiyim-kechak kiyish qoidalarini buzgan ayol va qizlarni hibsga olishni boshladi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

BMTning Afg‘onistondagi missiyasi joriy yilning 16-19 iyul kunlari Qobulda hijob yoki islomiy ro‘mol o‘rash bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qilmagan “ko‘p sonli” ayol va qizlarning hibsga olinishidan xavotirda ekanini bildirgan. Ammo hibsga olinganlarning soni, yoshi va qayerda saqlanayotgani haqida ma’lumot berilmagan.

“Ushbu tadbirlar ayollar va qizlarni yanada izolyatsiya qilish, qo‘rquv muhitini yaratish va jamoatchilik ishonchini yo‘qotishga xizmat qiladi”, deyiladi tashkilot munosabatida.

BMT missiyasi “Tolibon” hukumatini ayollar va qizlarning inson huquqlari va asosiy erkinliklarini cheklovchi “siyosat va amaliyotlarni”, jumladan, ularning 6-sinfdan keyin ta’lim olishini taqiqlashni bekor qilishga chaqirdi.

2022 yilning may oyida “Tolibon” ayollarni faqat ko‘zlarini ko‘rsatishga chaqiruvchi farmon chiqardi. Farmonga ko‘ra, ular boshdan-oyoq burqa kiyib yurishi kerak.

2024 yilning yanvarida muvaqqat hukumatning axloq va odob vazirligi Afg‘oniston poytaxtida ayollarni “hijobni noto‘g‘ri kiygani” uchun hibsga olganini ma’lum qilgan edi.

Vazirlik matbuot kotibi Abdul G‘ofar Faruk qancha ayol hibsga olingani haqida ma’lumot bermagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Fransiya madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:49

    Fransiya madaniyat vaziri korrupsiyada ayblanib sudga tortildi

    U Yevropa parlamenti a’zosi bo‘lgan paytida 900 ming yevro pora olishda gumon qilinmoqda.

    'Ukrainada antikorrupsiya idoralarining mustaqilligi cheklanmoqda — fuqarolar norozilik bildirmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:54

    Ukrainada antikorrupsiya idoralarining mustaqilligi cheklanmoqda — fuqarolar norozilik bildirmoqda

    Kiyevda mingdan ortiq odamlar parlament qabul qilgan yangi qonun loyihasiga qarshi norozilik aksiyasiga chiqdi.

    'Rossiya va Eron Kaspiyda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:51

    Rossiya va Eron Kaspiyda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda

    Uch kun davom etadigan qo‘shma mashg‘ulotlarda ikki davlatning harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etmoqda.

    'Trampning Xitoyga borishidan maqsad Putin bilan uchrashishmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:49

    Trampning Xitoyga borishidan maqsad Putin bilan uchrashishmi?

    AQSH prezidenti Pekinga tashrifi davomida Rossiya rahbari bilan uchrashishini inkor etmadi.

    '"Hech kim qonundan ustun emas"'ning rasmi

    Dunyo 22.07.2025 18:14

    "Hech kim qonundan ustun emas"

    Tramp Obama hibsga olinishi mumkinligiga ishora qildi.

    'Tramp AQSHni UNESCO‘dan chiqarishga qaror qildi'ning rasmi

    Dunyo 22.07.2025 17:55

    Tramp AQSHni UNESCO‘dan chiqarishga qaror qildi

    Oq uy ushbu tashkilot pozitsiyasini antiamerika, antisionistik, xitoyparast deb hisoblaydi.