AsosiyJamiyat

Qirg‘izistondagi 18 yoshli yigit “avarya” ortidan halok bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

'Qirg‘izistondagi 18 yoshli yigit “avarya” ortidan halok bo‘ldi.'ning rasmi

Farg‘ona viloyati YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 21 iyul kuni So‘x tumanida yashovchi voyaga yetmagan, 2007 yilda tug‘ilgan S.S. Nexia-3 avtomashinasini So‘x—Rishton avtomobil yo‘lining Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati Bujay ayili hududida haydab ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida jarlikka ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatda haydovchi S.S. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar, voyaga yetmagan va tajribasiz farzandlaringizga avtomobil kalitini ishonib topshirmang”, — deya ogohlikka chaqirdi Farg‘ona viloyati YHXB matbuot xizmati.

 

    Boshqa yangiliklar