Svinouysse oroli yaqinidagi quduqlarda 22 million tonna neft va 5 milliard kub metr gaz aniqlangan.
CEP rahbari Rolf Skaar buni Polsha energetika sektori uchun “tarixiy burilish nuqtasi” deb atadi.
Hozirgi baholarga ko‘ra, Germaniya bilan chegaradosh hududda jami 33 million tonna neftva 27 milliard kub metr gaz zaxirasi bor.
Dastlabki rejalarga ko‘ra, qazib olish 2028–2030 yillarda boshlanishi mumkin. Bunga qadar atrof-muhit talablariga rioya etilgan holda loyiha tasdiqlanishi kerak.
Mazkur kashfiyot tufayli Polshaning 2023-yilgi 20 million tonnalik neft zaxirasi ikki baravarga oshadi. Shu bilan birga, importga qaramlik kamayib, energetik xavfsizlik mustahkamlanadi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Polsha 30 million tonna neft va 20 milliard kub metr gaz iste’mol qilgan edi.