AsosiySiyosat

“Trans-Afg‘on” temir yo‘li bo‘yicha kelishuv imzolandi

O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston TIV rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

'“Trans-Afg‘on” temir yo‘li bo‘yicha kelishuv imzolandi'ning rasmi

Kecha, 17 iyul kuni O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi ilk uch tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv ishtirokchilari bu muloqotni mintaqaviy ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam, deya e’tirof etishdi.

Uchrashuv yakunida Trans-Afg‘on temir yo‘li loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqishga doir Uch tomonlama hadli bitim imzolandi.

Mazkur loyihaning Yevroosiyo uchun strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

“Trans-Afg‘on” temir yo‘li:

— O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokistonni bog‘laydi;

— Afg‘oniston iqtisodiyotining tiklanishiga hissa qo‘shadi;

— Janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yo‘llarni ochadi.

Tomonlar, shuningdek, savdo aloqalarini chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va qurilish sohalarida hamkorlikni kengaytirish hamda Termiz xalqaro savdo markazidan foydalanishni kuchaytirish borasida o‘zaro kelishuvga erishdilar.

Bu uchrashuv nafaqat uch davlat o‘rtasidagi aloqalarni, balki butun mintaqaning integratsiyasi va taraqqiyoti uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Baxtiyor Saidov Arokchi bilan nimani kelishib oldi?'ning rasmi

    Siyosat 16.07.2025 07:50

    Baxtiyor Saidov Arokchi bilan nimani kelishib oldi?

    Ikki davlat vakillari iqtisodiy salohiyat va diplomatik hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

    'TIV rahbari Si Szinpin bilan nega ko‘rishdi?'ning rasmi

    Siyosat 15.07.2025 12:32

    TIV rahbari Si Szinpin bilan nega ko‘rishdi?

    Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi bilan uchrashgani ma’lum qildi.

    'Sherzod Asadovning ham yangi lavozimga tayinlandi'ning rasmi

    Siyosat 14.07.2025 18:39

    Sherzod Asadovning ham yangi lavozimga tayinlandi

    Sherzod Asadov Prezident Administratsiyasida yangi tashkil etilgan Kommunikatsiyalar departamentining rahbari — O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

    'Hilola Umarova nega lavozimidan ketdi?'ning rasmi

    Siyosat 14.07.2025 17:41

    Hilola Umarova nega lavozimidan ketdi?

    Endilikda u Saida Mirziyoyevaga o‘rinbosar sifatida faoliyat yuritadi.

    'TIV rahbari Abdul G‘affor Teraviy bilan nimani gaplashdi?'ning rasmi

    Siyosat 11.07.2025 13:49

    TIV rahbari Abdul G‘affor Teraviy bilan nimani gaplashdi?

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Afg‘onistonning mamlakatdagi elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    'Shavkat Mirziyoyev “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi'ning rasmi

    Siyosat 10.07.2025 20:04

    Shavkat Mirziyoyev “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi

    Markazda 12 toifadagi muhtoj insonlarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi.