AsosiyDunyo

Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi

Avvalroq ham Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbariga bu taklifni oshkor gapirgandi.

'Tramp Zelenskiyga Moskva va Peterburgga zarba berish imkonini taklif qildi'ning rasmi

“The Washington Post” ma’lumotiga ko‘ra, Donald Tramp 11 iyul kuni Ukraina uchun uzoq masofali Tomahawk raketalarini yetkazib berish masalasini ko‘rib chiqqan. Bu raketalar avval AQSH tomonidan Eron hududiga zarba berishda ishlatilgan. Biroq, yakuniy qurol ro‘yxatiga ular kiritilmagan.

Nashrga ko‘ra, Tramp o‘tgan hafta Zelenskiy bilan suhbat chog‘ida: “Nega sizlar Moskvaga zarba bermaysizlar?” degan savolni bergan.

Zelenskiy esa bunga: “Agar siz bizga kerakli qurolni bersangiz, biz zarba bera olamiz”, deb javob bergan. Tramp, o‘z navbatida, Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun Sankt-Peterburgni ham nishonga olish mumkinligini aytgan.

Bundan tashqari, Pentagon manbasining xabar berishicha, AQSH yaqin orada Ukraina ixtiyoridagi ATACMS raketalarini to‘liq masofaga — 300 kmgacha ishlatishga ruxsat berishi mumkin.

Bu masofa Moskvani nishonga olish uchun yetarli bo‘lmasa-da, Rossiyadagi harbiy bazalar va aerodromlarga zarba berish imkonini beradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xarkovda ketma-ket portlashlar: Rossiya dronlari fuqarolik obyektini nishonga oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:16

    Xarkovda ketma-ket portlashlar: Rossiya dronlari fuqarolik obyektini nishonga oldi

    Shaharda atigi 20 daqiqa ichida kamida 17 ta portlash sodir bo‘lgan.

    'G‘arb mening shartlarimni qabul qilmaguncha urushni davom ettiraman — Putin'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 21:03

    G‘arb mening shartlarimni qabul qilmaguncha urushni davom ettiraman — Putin

    Putin Tramp bilan munosabatlarini qadrlashini, biroq Rossiya manfaatlari hammasidan ustun ekanligini aytgan.

    'Tramp Chelsi yutgan kubokni o‘zida qoldirdi'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 16:30

    Tramp Chelsi yutgan kubokni o‘zida qoldirdi

    Chelsiga esa yangisi topshirildi. Kubok 24 karatlik oltin bilan qoplangan.

    'AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 13:59

    AQSHda qizamiqqa chalinganlar soni rekord darajaga yetdi

    2025 yil iyul oyida AQSHda 1300 ga yaqin odam qizamiqqa chalingan.

    'Tramp: Rossiya urushni to‘xtatmasa, savdo qilgan davlatlarga 100 foiz boj qo‘yamiz'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 13:21

    Tramp: Rossiya urushni to‘xtatmasa, savdo qilgan davlatlarga 100 foiz boj qo‘yamiz

    AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyani urushni to‘xtatishga majbur qilish uchun yangi tahdid bilan chiqdi.

    'Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumini amalga oshirdi'ning rasmi

    Dunyo 15.07.2025 12:13

    Rossiya Ukrainaga yana yirik hujumini amalga oshirdi

    Buning oqibatida 16 kishi jarohat olgan.