KXDR rahbari Kim Chen In 12 iyul kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi. Uchrashuv Vonsan shahrida bo‘lib o‘tdi.
"Biz Ukraina inqirozi atrofidagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdik", dedi Lavrov uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida. "Koreyalik do‘stlarimiz maxsus harbiy operatsiyaning barcha maqsadlarini, shuningdek, Rossiya rahbariyati va qurolli kuchlarining harakatlarini qat’iy qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladilar".
Keyinroq, Sergey Lavrov va Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri Choy Son Xi ikkitomonlama munosabatlar va bo‘lajak siyosiy muloqotlar jadvalini muhokama qildi.
"Tashqi siyosat idoralari rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini, jumladan, bo‘lajak siyosiy aloqalar jadvalini atroflicha muhokama qildi. Amaliy yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi", deyiladi xabarda.
Xabarga ko‘ra, Rossiya Koreya yarimoroli muammolarini tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekani tasdiqlandi.
"Koreya yarimoroli va Shimoliy-Sharqiy Osiyodagi vaziyat yuzasidan manfaatdor fikr almashildi. Bu yerda mavjud muammolarni siyosiy va diplomatik yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha o‘zaro majburiyat tasdiqlandi. Tomonlar mitnaqaga aloqador bo‘lmagan gegemon davlatlarga qarshi birgalikda kurashishga qat’iyligini ta’kidladi", deyiladi xabarda.
Muzokaralar yakunida Rossiya va KXDR o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan vazirliklararo almashinuv rejasi imzolandi.