O‘zgidromet xabariga ko‘ra, yaqin kunlarda respublika bo‘ylab havo biroz bulutli, ayrim hududlarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Shamol asosan sharqdan, 5–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Kunduzgi harorat respublika bo‘yicha 34–40° atrofida bo‘lib, ayrim hududlarda biroz pastroq bo‘ladi. Kechasi esa 18–25° daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq va sel xavfi yuzaga kelishi mumkin. Harorat kechasi 10–15°, kunduzi 20–25° bo‘ladi.