AsosiyJamiyat

Andijonda 2 sinf o‘quvchilari hovuzda cho‘kib ketdi

Hodisa ortidan 2 sinfdosh halok bo‘lgan.

'Andijonda 2 sinf o‘quvchilari hovuzda cho‘kib ketdi'ning rasmi

Andijon viloyatida ikki nafar 8 yoshli bola hovuzga tushib ketishi ortidan halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, Oltinko‘l tumani "ORS" MFYda yashagan 8 yoshli voyaga yetmagan A.U. hamda Oltinko‘l tumani "Suvyulduz" MFYda yashagan 8 yoshli M.M. joriy yilning 5 iyul kuni soat 14:00 larda Oltinko‘l tumani Turkiston massivida joylashgan “Jaloliddin oltin tolasi” fermer xo‘jaligiga qarashli tomchilab sug‘orish tizimi uchun qazilgan hovuzga cho‘milish uchun tushishgan.

Oqibatda, ikkisi ham suvda cho‘kib, hodisa joyida vafot etishgan. Ayni vaqtda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar