AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda yer qimirladi

Epitsentrda zilzilaning sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.

'O‘zbekistonda yer qimirladi'ning rasmi

Joriy yilning 6 iyul kuni soat 20:16 da Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida yer silkinishi kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Seysmoprognoz monitoring respublika markazi xabar berdi.

Zilzilaning epitsentri Toshkentdan 533 km janubi–g‘arbida joylashgan bo‘lib, magnitudasi 3,7, epitsentrda sezilish kuchi 4 ball bo‘lgan.

Zilzila quyidagi hududlarda ham sezilgan:

Gazli shahri – 2 ball (36 km masofada)

Qorako‘l tumani – 2 ball (49 km)

Peshku tumani – 2 ball (52 km)

Hozircha zararlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.

    Boshqa yangiliklar