AsosiyDunyo

AQSH aholisi Trampga “sovg‘a” tayyorlayapti

“Sovg‘a” AQSHning Mustaqillik kuni munosabati bilan tashkil etilmoqda.

'AQSH aholisi Trampga “sovg‘a” tayyorlayapti'ning rasmi

Ertaga, 4 iyul AQSHning Mustaqillik kuni munosabati bilan mamlakatning ko‘plab shaharlarida Prezident Donald Tramp siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda The Economic Times xabar berdi

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, “Amerikaga ozodlik” nomi ostida o‘tkaziladigan bu mitinglar mamlakatning Mustaqillik kuniga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlanishicha, bu harakatlar Tramp ma’muriyatidan norozilik kayfiyatining kuchayib borayotgan fonida avvalgi norozilik to‘lqinining qayta boshlanishi sifatida qaralmoqda.

Aksiya tashabbuskori sifatida “Ayollar yurishi” tashkiloti ko‘rsatilgan. Ular o‘z veb-saytida rejalashtirilgan norozilik tadbirlari haqida ma’lumot joylashtirgan. Tashkilotchilar mitinglar, yurishlar, bannerlar ilish, raqsli norozilik chiqishlari va mahalliy bayramlarni o‘tkazishga chaqirmoqda.

Hozirgacha mamlakat bo‘ylab 200 ga yaqin tadbir rejalashtirilgan, bu esa yaqinda o‘tkazilgan “Qirollarga yo‘q” protestlariga nisbatan qiziqishning nisbatan past ekanini ko‘rsatmoqda.

“Taniqli ozodlik va quvonch qo‘shiqlari bilan 4 iyul kuni biz ko‘chalarga chiqamiz. Amerika ozodligi orzusi barchamizga tegishli va biz bu va’daning ro‘yobga chiqishi yo‘lida to‘xtamaymiz – hozir ham, keyin ham”, deyiladi tashkilot saytida.

“Ayollar yurishi”, shuningdek, bu harakatlar “AQSHni milliarderlar hokimiyati, qashshoqlik, noqonuniy farmonlar va qo‘rquv siyosatidan ozod qilish”ga qaratilganini bildirgan. Shu bilan birga, “Axios” nashri Oq uydan rejalashtirilgan namoyishlar bo‘yicha izoh so‘ragan.

“Prezident Tramp qariyb 80 million ovoz oldi va Amerikani yana buyuk qilish bo‘yicha tarixiy mandatni qo‘lga kiritdi – u buni katta miqyosda amalga oshiryapti”, degan Oq uy vakili Liz Xyuston o‘z bayonotida.

    Boshqa yangiliklar