AsosiyJamiyat

Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan qulab tushdi

Batafsil ma’lumotni tez orada “Darakchi.uz”ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

'Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan qulab tushdi'ning rasmi

Poytaxtning Chilonzor tumanida joylashgan davlat maktabgacha ta’lim muassasasida 5 yoshli bola nazoratsizlik oqibatida ikkinchi qavat derazasidan yiqilib tushdi. Bu haqda Toshkent shahri Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, voqea 30 iyun kuni soat 9:45 atrofida Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chasida sodir bo‘lgan.

Tarbiyalanuvchi R.I. tarbiyachilarning beparvoligi oqibatida derazadan pastga tushib ketgan.

Darhol bog‘cha hamshirasi bolaning ahvolini ko‘zdan kechirib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng u zudlik bilan Toshkent shahar 16-sonli bolalar shifoxonasiga yetkazilgan.

Shifokorlar tomonidan qo‘yilgan birlamchi tashxisga ko‘ra, bola: har ikki qo‘l bilak sohasi sinishi, burun suyagi sinishi,yuqori jag‘dagi kurak tishlar joylashgan suyak sohasining shikastlanishi kabi og‘ir jarohatlar olgan.

Uning ahvoli og‘ir bo‘lgani sababli jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq rasmiylarga ko‘ra, hozirda bolaning ahvoli barqarorlashgan va u jonlantirish bo‘limidan chiqarilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv boshlandi.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisaga sabab bo‘lgan shaxslar va muassasa rahbariyatining mas’uliyati o‘rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar