AsosiyJamiyat

Toshkentda elektromobil yonib ketdi

Mudhish hodisa ortidan bir kishi jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

'Toshkentda elektromobil yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 2 iyul kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar  Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa tongi soat 04:07 da  Yangihayot tumani, Do‘stlik 2 dahasi 13 uy orqasida yuz bergan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 04:13 da yetib borib, yong‘in soat 04:25 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bir fuqaro kuyish tan jarohati olish natijasida shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar