AsosiyDunyo

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat kamida 41 ta hududga zarar yetkazgan.

'Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi'ning rasmi

Turkiyada so‘nggi kunlarda avj olgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 50 mingga yaqin fuqaro o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Fuqaro muhofazasi agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat kamida 41 ta hududga zarar yetkazgan. Ayniqsa, Izmir viloyatida yong‘in 130 dan ortiq uylarni talafotga uchratgan. Yong‘inni o‘chirish uchun mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 14 ta vertolyot safarbar etilgan.

Shuningdek, Bilecik viloyatida ham yong‘inlar qayd etilgan. 30 iyun kuni esa janubiy Hatay shahri yaqinida ham o‘rmonlar alangaga o‘ralgan.

Rasmiylar yong‘inlarga nisbatan kurash davom etayotganini va xavfsizlik choralarini kuchaytirganini bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:52

    Rossiya Ukrainaga qarshi yangi turdagi dronlar bilan hujum qildi

    Ushbu dronlardan biri garaj kooperativi hududiga tushgan va bir nechta avtomobilga zarar yetkazgan.

    'Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:49

    Ozarbayjonda “Sputnik” jurnalistlari hibsga olindi

    Jurnalistlar FSB bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

    'Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:45

    Namanganda 65 millionlik tamaki musodara qilindi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Qarshi tibbiyot birlashmasida tenderlar bir firmaga topshirilganmi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:37

    Qarshi tibbiyot birlashmasida tenderlar bir firmaga topshirilganmi?

    Holatga aniqlik kiritish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazdi.

    'Yevropada iqlim tubdan o‘zgaryaptimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 01:33

    Yevropada iqlim tubdan o‘zgaryaptimi?

    Mutaxassislar iqlim o‘zgarishi mahalliy o‘simliklar va hayvonlar uchun katta xavf ekanini ta’kidladi.

    'Sun’iy intellekt shantaj va yolg‘on gapirishni o‘rganyaptimi?'ning rasmi

    Dunyo 30.06.2025 20:58

    Sun’iy intellekt shantaj va yolg‘on gapirishni o‘rganyaptimi?

    Ilg‘or neyron tarmoqlari nazoratdan chiqmoqda: yolg‘on, tahdid va strategik aldovlar aniqlanmoqda.