AsosiyJamiyat

Andijonda bir guruh terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi

Ular turli choyxonalarda to'planib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga qo‘shilishni niyat qilishgan.

'Andijonda bir guruh terrorchilik tashkilotiga qo‘shilmoqchi bo‘lganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Joriy yilning may oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida jihodchalar diniy ekstremistik oqimining yashirin jamoati faoliyati aniqlandi.

Jamoat yetakchisi Andijon shahrida yashovchi 1981 yilda tug‘ilgan U.A. o‘z atrofiga 12 nafar shaxslarni yig‘ib, jamoat tashkil etgan holda shahardagi turli choyxonalarda tuplanib, kelgusida Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkilotiga  qo‘shilishni niyat qilishgan. Shuningdek, o‘zaro “Baytulmol” ko‘rinishida pul mablag‘lari yig‘ib, uz tarafdorlariga berib kelishganligi ma’lum bo‘ldi.

Jamoat a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv tegov harakatlari davomida turli diniy ekstremistik adabiyotlar va boshqa ashyoviy dalillar olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:58

    'Mirziyoyev Ostonaqa yetib bordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:53

    Mirziyoyev Ostonaqa yetib bordi

    Uni aeroportda rasmiylar kutib oldi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:39

    'Yaponiyadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:05

    Yaponiyadagi poligonda portlash sodir bo‘ldi

    Hodisa ortidan 3 nafar harbiy halok bo‘lgan.

    'O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalarga xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalarga xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etildi

    Бу ҳақда Адлия вазирлиги маълум қилди.

    'Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:35

    Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi

    O‘zbekistonliklar uchun Yaponiyada avtobus haydovchisi bo‘lib ishlash imkonini beruvchi yangi dastur yo‘lga qo‘yilmoqda.