AsosiyJamiyat

Markaziy bank 2024 yilda 52 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi

Qonunbuzarliklar uchun 28 ta bank va 24 ta mikromoliya tashkilotidan 16,6 mlrd so‘m jarima undirilgan.

'Markaziy bank 2024 yilda 52 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi'ning rasmi

Bu haqda 26 iyun kuni Markaziy bankning 2024 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti eshitilgan Senat yalpi majlisida regulyator raisi Timur Ishmetov ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, o‘tgan yilda olib borilgan nazorat tadbirlarida sinov tariqasida to‘rtta bank namunasi asosida 14 ta bankning risk profili baholangan. Uning natijasida banklarga tegishli choralar ko‘rilib, zaifliklarni bartaraf etish topshirildi. Qonunchilik talablariga rioya qilmagan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan ayrim operatsiyalarni to‘xtatish va jarima undirish kabi choralar ko‘rilgan.

Xususan, valyuta va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi qonunbuzarliklar uchun 28 ta bank va 24 ta mikromoliya tashkilotidan 16,6 mlrd so‘m (Markaziy bank kursi bo‘yicha $1,31 mln) miqdorida jarima undirildi.

Aholiga ajratilgan kreditlarning tavakkalchilik darajasini baholash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli kreditlarni aniqlash uchun regulyator ipoteka kreditlari, avtokreditlar va mikroqarzlarning sifat jihatidan davriy o‘zgarishini o‘rganmoqda hamda banklarning kredit portfeli tarkibini diversifikatsiya qilish choralarini belgilab oldi.

Bundan tashqari, mikroqarzlar konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan banklarda ortiqcha resurslar kichik biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Kapital monandligi hisobida aholiga ajratilgan ipoteka va avtokreditlar bo‘yicha tavakkalchilik darajalari qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi va ta’minotga nisbatida belgilanadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:25

    'Dubay va Toshkent orasidagi parvozlar bosqichma-bosqich tiklanadigan boʻldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:05

    '3 yoshgacha farzandi bor talabalarga oliy taʼlimda “ikkinchi imkoniyat” beriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:43

    'Damas piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 18 yoshli qizni urib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:42

    Damas piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 18 yoshli qizni urib ketdi

    Ҳолат юзасидан, Тошкент шаҳар Ички ишлар бошқармаси, Йўл ҳаракат хавфсизлик бошқармаси масъул ходимлари томонидан суриштириш ишлари бошланган.

    'Qo'qondagi uyda gaz nima portlagani aniqlandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:41

    Qo'qondagi uyda gaz nima portlagani aniqlandi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qo‘qondagi uyda bir kishining halok bo‘lishiga olib kelgan gaz portlashiga nima sabab bo‘lganini ma’lum qildi.