Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxtakor metro bekatiga yosh bolani itarib yuborishibdi” nomi ostida xabar tarqalmoqda. Ushbu holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 26 iyun sanasi soat taxminan 18:00 da metropolitenning “Paxtakor” bekatida harakat tarkibidan tushish chog‘ida yo‘lovchilardan biri (3 yoshli qizaloq) hamrohining e’tiborsizligi natijasida oyog‘i vagon eshigiga qisilib qolgan.
Shundan so‘ng zudlik bilan unga birinchi yordam ko‘rsatilgan va tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgan. Holat yuzasidan yo‘lovchiga hech qanday og‘ir jarohat yetmagan. Ya’ni tarmoqda tarqalayotgan “Yosh bolani itarib yuborishdi” mazmunidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, deyiladi xabarda.