AsosiyJamiyat

Telegramda narkotik modda sotgan guruh ushlandi

Guruhning 5 nafar a’zosi qo‘lga olingan.

'Telegramda narkotik modda sotgan guruh ushlandi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi hamkorligida Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ijara asosida yashab kelayotgan, “Telegram” messenjeri orqali giyohvandlik vositalari savdosini amalga oshiruvchi narkodo‘konning 5 nafar a’zosi qo‘lga olindi.

Ular 400 gr “Alfa-PVP” sintetik narkotik moddasini 0,3 grammdan qadoqlagan holda Andijon viloyatidagi mijozlarga yetkazish maqsadida olib ketayotganliklari ma’lum bo‘ldi.

Qo‘lga olingan shaxslarning ko‘rsatmasi asosida, ular tomonidan Andijon viloyatidagi 53 ta xufiya joyga joylashtirilgan har biri 0,3 grammdan bo‘lgan “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkodo‘kon operatori vazifasini bajaruvchi, Andijon viloyatining Izboskan tumanida yashovchi, 2003 y.t. shaxs Yangihayot tumani hududida ushlanib, unga tegishli avtomashinaning yukxonasi va salon qismidan 986 gr “gashish” moddasi hamda 7 kg “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi olindi. 

Ta’kidlash lozimki, narkoguruh a’zolari mamlakatimizga kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan giyohvandlik vositalarini Toshkent shahri hamda Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro viloyatlarida sotish bilan shug‘ullanishgan.

Hozirda ularning barchasiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Metroda 3 yoshli qizchani vagon tagiga itarib yuborishdi(mi?)'ning rasmi

    Jamiyat 27.06.2025 23:08

    Metroda 3 yoshli qizchani vagon tagiga itarib yuborishdi(mi?)

    Toshkent metropoliteni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni rad etdi.

    'Qozon va Samarada ro‘y bergan migrantlar ishtirokidagi jinoyatlarga o‘zbeklar aralashmagan'ning rasmi

    Jamiyat 27.06.2025 22:44

    Qozon va Samarada ro‘y bergan migrantlar ishtirokidagi jinoyatlarga o‘zbeklar aralashmagan

    Bu haqda O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsulxonasi rasmiy ma’lumot berdi.

    'Mashina oynasiga tiqilib qolgan 5 yoshli bolani qutqargan YPX inspektori taqdirlandi'ning rasmi

    Jamiyat 27.06.2025 21:57

    Mashina oynasiga tiqilib qolgan 5 yoshli bolani qutqargan YPX inspektori taqdirlandi

    Voqea haydovchi mashinani yo‘l chetiga to‘xtatib, o‘zi do‘konga kirib ketganda sodir bo‘lgan.

    'Shavkat Mirziyoyevning Belarusga amaliy tashrifi yakunlandi'ning rasmi

    Jamiyat 27.06.2025 21:21

    '"Mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda!"'ning rasmi

    Jamiyat 27.06.2025 20:00

    'Xorazmlik 2 yoshli bola Jizzaxda bedarak yo‘qoldi'ning rasmi

    Jamiyat 27.06.2025 19:32

    Xorazmlik 2 yoshli bola Jizzaxda bedarak yo‘qoldi

    Bolakay qidirilmoqda. Bolani topganga mukofot puli beriladi.