Ekvadorlik mashhur “narkobaron”, “Los Choneros” jinoiy guruhining yetakchisi Xose Masiyas Vilyamar (taxallusi – “Fito”) politsiya qo‘liga tasodifan tushdi. Bunga sabab esa… uning uch yoshli qizi bo‘ldi. Mahalliy “El Mercurio” nashrining yozishicha, qizcha tasodifan otasining qayerda yashirinayotganini aytib qo‘ygan: gap yer ostidagi bunker haqida bormoqda.
Maxsus harbiy va politsiya bo‘linmalari darhol harakatga o‘tib, qirg‘oq bo‘yidagi Manta shahrida katta amaliyot o‘tkazdi. Natijada, 17 oydan buyon qidiruvda bo‘lgan jinoyat yetakchisi qo‘lga olindi. Endi 45 yoshli Fito AQSHga ekstraditsiya qilinishi mumkin – unga narkotiklar va qurol bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, Fito 2011 yildan buyon qat’iy nazorat ostidagi qamoqxonada 34 yillik jazo muddatini o‘tayotgan edi. Biroq 2024 yil yanvar oyida unga qochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu holat Ekvadorda tartibsizliklarga sabab bo‘lib, favqulodda holat e’lon qilindi va hukumat armiyani bandalarga qarshi safarbar qildi.