Texnik sabablarga ko‘ra, faqat 26-iyun kuni Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishidagi HY051/052 reyslari kechiktiriladi va o‘zgartirilgan jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan uchish — 11:50, Urganchga yetib kelish — 13:20
- Urganchdan uchish — 14:00, Toshkentga yetib kelish — 15:20
Vaqtlar mahalliy vaqt bo‘yicha ko‘rsatilgan.
"Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunishingizga umid qilamiz", deyiladi "Uzbekistan Airways" xabarida.