Bugun, 26 iyun kuni 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etgan.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- O‘zbek tili – 644 027 nafar;
- Rus tili – 71 476 nafar;
- Qoraqalpoq tili – 14 959 nafar;
- Boshqa tillar – 1 949 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
- erkaklar – 346 299 nafar;
- ayollar – 386 112 nafar.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26 iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishi mumkin.
Qayd etish joiz, o‘tgan o‘quv yili uchun qabulda oliy ta’lim muassasalari bakalavriati hamda kollej va texnikumlarga 894 279 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Imtihon natijalariga ko‘ra, 186 871 nafar abituriyent bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalikka tavsiya etilgan.