Eron Islom Respublikasi AQSHning Qatardagi Al-Udeyd harbiy bazasiga bir necha raketa yo‘lladi. Bu haqda “Axios”va “Reuters”nashrlari ishonchli manbalarga tayanib xabar berdi.
Mahalliy vaqt bilan kechasi Doha osmonida portlashlar ovozi eshitilgan. Guvohlarning aytishicha, bu tovushlar havo mudofaasi tizimi — PVO ishga tushganidan dalolat beradi.
“Axios” ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan jami 10 ga yaqin raketa uchirilgan. Ulardan asosiy qismi AQSHning Qatardagi Al-Udeyd bazasini nishonga olgan. “
“Ynet”nashrining yozishicha, yana bir raketa AQSHning Iroqdagi harbiy bazasiga yo‘naltirilgan.
Tehron zarbalarni AQSHning Erondagi “tinch atom obyektlariga” qarshi harakatlariga javob sifatida izohlagan. Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (KXIR) bu holatni “xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi” deya atadi.
Hujum fonida Iroqda joylashgan AQSH bazalarida maksimal jangovar holat e’lon qilindi. Bundan tashqari, Qatar va BAA o‘z havo hududlarini yopgan. Bu esa mintaqadagi keskinlik yanada ortayotganidan dalolat beradi.
Rasmiy AQSH tomoni hozircha voqeaga munosabat bildirmagan.