Toshkent shahar FVBning bergan xabariga ko‘ra, 22 iyun kuni soat 13:00 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Ko‘kcha 1-tor ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlarning birida, yong‘in sodir bo‘lgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga yetib borib, yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.