AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari yana havo isiydi

“O‘zgidromet“ning ob-havo prognozi bilan tanishing.

'Dam olish kunlari yana havo isiydi'ning rasmi

“O‘zgidromet“ xabariga ko‘ra, dam olish kunlari harorat yana 38-40 darajagacha, janubda 42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

20-22 iyunda Toshkent, Andijon, Namangan va Farg‘ona vodiysining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat bugun kunduzi 35 daraja atrofida bo‘ladi, shanba va yakshanba kunlari 37-40 darajagacha ko‘tariladi.

    Boshqa yangiliklar