AsosiyJamiyat

Jizzaxda qizlar “er so‘rab” ko‘cha kezdi

Holat yuzasidan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

'Jizzaxda qizlar “er so‘rab” ko‘cha kezdi'ning rasmi

Kecha, 17 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh qizlarning Jizzax viloyatida kelinlik libosida “Er kerak” yozuvli qog‘ozlarni ko‘tarib olgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi munosabat bildirdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Jizzax shahar “Xalqobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Eski shahar dehqon bozori ro‘parasida 8 nafar qiz kelinlik ko‘ylagini kiyib olgan holda qo‘llariga “Er kerak” deb yozilgan plakatlarni ushlab, ko‘chada yurgan. Bu hududdagi salonni reklama qilish maqsadida salon rahbari Sh.A. hamda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Sh.E. lar tomonidan tashkil etilgani, ular reklama videoroligi tayyorlamoqchi bo‘lgani aniqlangan.

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i darhol jarayonni to‘xtatib, qizlarga va go‘zallik saloni rahbariyatiga jamiyatda yurish-turish qoidalariga amal qilishi, milliy qadriyatlarni hurmat qilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

“Shu o‘rinda, bu kabi holatlarda jamoatchilikning ham e’tibori muhim ekani, arzimagan ko‘ringan bunday holatlar millat sha’niga, milliy qadriyatlarga zid ekaniga alohida e’tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar