AsosiyJamiyat

Kecha poytaxtning uchta tumani uch soatgacha “svetsiz” qoldimi?

Holat bo‘yicha energetika vazirligi munosabat bildirdi.

'Kecha poytaxtning uchta tumani uch soatgacha “svetsiz” qoldimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “kecha, 17-iyun kuni poytaxtning uchta tumani uch soatgacha “svetsiz” qoldi” mazmunida xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, turmaklarda tarqalgan xabarlar asossiz.

“Kecha, 17 iyun kuni soat 21:00 da Toshkent shahridagi “Sokin” podstansiyasida nosozlik yuzaga kelishi natijasida Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilgan”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

Shuningdek, izohda kecha soat 21:16 da “Sokin” podstansiyasidan chiquvchi 110 kV kuchlanishli “Sokin-1” va “Sokin-2” elektr uzatish tarmoqlariga kuchlanish berilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklangangami qo‘shimcha qilingan.

“Soat 22:30 da barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan”, — deya ta’kidlanadi xabarda.

    Boshqa yangiliklar