Kanada bosh vaziri Mark Karni “G7” sammitida Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvda Ukrainaga 1,5 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratishini aytdi. Bu haqda “DW” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, yordam paketining ichida harbiy dronlar, o‘q-dorilar va zirhli texnikalarni o‘z ichiga olgan.
Shuningdek, u Kiyevga infratuzilmalarini tiklash uchun 2,3 milliard dollarlik yangi kredit va’da qilgan.
Karni Moskvaga sanksiyalarni chetlab o‘tishga yordam berayotgan 77 jismoniy va 39 yuridik shaxsga, shuningdek, Rossiya "yashirin floti"ning 200 ta kemasiga qarshi sanksiyalar e’lon qilgan.
“G7” sammiti oldidan Zelenskiy u yerda Donald Tramp bilan AQSHdan qurol sotib olishni ham muhokama qilishni rejalashtirayotganini aytgandi.
Biroq u Kanadadan Vashingtonga barvaqt qaytgan, shuning uchun Zelenskiy uni topa olmagan.