AsosiyJamiyat

“Jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini o‘zgartirsa, u familiya, ism va otasining ismini ham o‘zgartirishi mumkin...”

Ushbu mazmundagi tarqalgan xabarlar va qaror yuzasidan Adliya vazirligi tushuntirish berdi.

'“Jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini o‘zgartirsa, u familiya, ism va otasining ismini ham o‘zgartirishi mumkin...”'ning rasmi

Avvalroq, endilikda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan jinsini o‘zgartirgan fuqarolar ism-familiyasini ham o‘zgartirishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda “jinsini o‘zgartirishga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini o‘zgartirsa, u familiya, ism va ota ismini ham o‘zgartirishi mumkin...” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Adliya vazirligi mazkur xabarlar va qaror yuzasidan tushuntirish berdi.

Qayd etilishicha, qonunchilikka muvofiq bolaning tug‘ilishini qayd etish vaqtida uning jinsiga oid ma’lumotlar tibbiyot muassasasi tomonidan beriladigan tibbiy guvohnoma asosida yoziladi. Biroq har yili o‘rtacha 5-6 nafar bola jinsi noaniq holatda tug‘ilishi uchrab turadi, bunda dastlabki tekshiruvlar bolaning jinsini “o‘g‘il” yoki “qiz” deb ko‘rsatsa-da, keyinchalik bola 5-10 yosh, ayrim holatlarda esa 10-16 yoshdan oshganda bolaning jinsi “o‘g‘il” emas “qiz” ekani yoki aksincha “qiz” emas “o‘g‘il” ekani aniqlanmoqda.

Shu kabi holatlarda tibbiyot muassasasining xulosasi bilan jinsga oid ma’lumotlarga tuzatish kiritiladi.

Ma’lumot uchun, bu kabi holatlarda jinsini tuzatish mumkinligi Oila kodeksining 229-moddasida belgilangan bo‘lib, mazkur huquqiy normalar yangi joriy etilmagan, aksincha 1998 yil 1 sentyabrdan buyon amalda hisoblanadi.

Bu borada qonunchilik hujjatlarida ayrim huquqiy bo‘shliqlar mavjud bo‘lgan. Misol tariqasida, 2008 yilda tug‘ilgan bolaning jinsini aniqlash imkoni bo‘lmasdan “o‘g‘il” deb yozilgan va o‘g‘il bolaning ismi qo‘yilgan. Keyinchalik bola 16 yoshga to‘lgach tibbiy tekshiruvlarda uning jinsi qiz ekani aniqlanib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid ma’lumotlarga tuzatish kiritilgan. Biroq ushbu xulosa asosida uning familiya, ism va ota ismini qiz bolalarga mos ravishda o‘zgartirish imkoni bo‘lmagan.

Mazkur huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining joriy yil 12 iyundagi 362-son qarori qabul qilinib, tibbiyot muassasasining xulosasiga asosan jinsiga oid ma’lumotlar tuzatilganda bolaning familiya, ism va ota ismini jinsiga mos ravishda o‘zgartirishi belgilangan.

“Ommaviy axborot vositalaridan bunday holatlarning noto‘g‘ri talqin qilinmasligini so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:45

    Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?

    Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilik vakillari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar.

    'Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:40

    Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ushbu yo‘nalish bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi.

    'Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:32

    Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

    O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.

    'Sobiq deputat Kobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:12

    Sobiq deputat Kobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

    Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

    'Anomal issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:09

    Anomal issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi

    Harorat ko‘tarilishi oqibatida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishi inobatga olingan.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:00

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.