AsosiyJamiyat

Sobiq deputat Kobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

'Sobiq deputat Kobul Dusov 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum qilindi'ning rasmi

16 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Kobul Dusovga (1984 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining sudyasi A. Mirzaxanov raisligida birinchi instansiyada ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga muvofiq Kobul Dusov 5 nafar jabrlanuvchiga (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddi va mas’ullari, Chirchiq shahri IIB Probatsiya bo‘limi katta inspektori) nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi "a" bandi (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish), 140-moddasi 3-qismi "a" bandi (Jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) va 237-moddasi 2-qismi "g" bandida (Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab yolg‘on xabar berish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Kobul Dusovga Jinoyat kodeksining 59, 61-moddalariga asosan 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi, Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi tartibida mazkur hukm bilan tayinlangan jazoga jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining 2025 yil 24 fevraldagi hukmi bilan tayinlangan jazoni qisman qo‘shish yo‘li bilan o‘tash uchun uzil-kesil 5 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayilandi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Kobul Dusov tomonidan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida yaratilgan "Kabul Dusov" nomli profil hamda Telegram messenjerida yaratilgan "Kobul Dusov/RASMIY KANAL/" nomli kanal faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi belgilandi.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqlari mavjudligi tushuntirildi.

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya/kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

Avvalroq, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2024 yil 22 noyabrdagi hukmi bilan Dusov Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:45

    Hozirda sirtqi ta’limda tahsil olayotgan talabalar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?

    Sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilik vakillari tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar.

    'Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:40

    Axborot texnologiyalari yo‘nalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengaytiriladi

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab ushbu yo‘nalish bo‘yicha tayanch maktab etib belgilandi.

    'Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:32

    Ayrim toifadagi o‘quvchilar qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi

    O‘quvchilar to‘garaklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.

    '“Jinsni o‘zgartirishga ruxsat berildi...”, “endi kim jinsini o‘zgartirsa, u familiya, ism va otasining ismini ham o‘zgartirishi mumkin...”'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:27

    'Anomal issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:09

    Anomal issiq tufayli poyezdlar tezligi cheklanadi

    Harorat ko‘tarilishi oqibatida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lishi inobatga olingan.

    'Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:00

    Dollarning rasmiy kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.