AsosiyJamiyat

Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

15 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun harorat 42 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

O‘zgidrometning xabar berishicha, 15 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 21-23 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bialn birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27 daraja iliq, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalarga xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:09

    O'zbekistonda nogironligi bo'lgan bolalarga xizmat ko'rsatuvchi tadbirkorlar soliqlardan ozod etildi

    Бу ҳақда Адлия вазирлиги маълум қилди.

    'Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:35

    Yaponiyada ishlash uchun haydovchilar tayyorlanadi

    O‘zbekistonliklar uchun Yaponiyada avtobus haydovchisi bo‘lib ishlash imkonini beruvchi yangi dastur yo‘lga qo‘yilmoqda.

    'Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning 27 ming yevrolik soat taqqanligi haqidagi mish-mishlar rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:23

    Markaziy bank raisi Timur Ishmetovning 27 ming yevrolik soat taqqanligi haqidagi mish-mishlar rad etildi

    Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda qimmatbaho Patek Philippe Calatrava emas, balki nisbatan arzonroq Tissot soati aks etgan.

    'Apple’da rahbariyat almashadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:38

    Apple’da rahbariyat almashadi

    Hozirgi rahbar Tim Kuk esa direktorlar kengashi raisi bo‘lib qoladi.

    'Aldov yoʻli bilan Yevropaga va Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 02:20

    Aldov yoʻli bilan Yevropaga va Isroilga ishga yuborishni vaʼda qilganlar qoʻlga olindi

    Hozirda har ikkala holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Lukashenko: “Men Putin yoki Trump kabi imperator emasman”'ning rasmi

    Jamiyat 20.04.2026 14:40

    Lukashenko: “Men Putin yoki Trump kabi imperator emasman”

    Belarus yetakchisi G‘arb tanqidlariga munosabat bildirib, AQSH bilan "katta bitim"ga tayyorligini aytdi.