Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan fuqarolar X.U. va A.D. o‘zaro til biriktirib, umumiy og‘irligi 2,06 kg. bo‘lgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan ("999,9" asllik belgisi tamg‘asi muhrlangan) metallarni fuqarolar M.S. va R.L.ga 70 000 AQSH dollariga sotishga kelishgan.
Ushbu pullar hisobidan 35 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (firibgarlik) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.