Mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini e’tiborga olib fuqarolar o‘zining shaxsiy xavfsizlik choralarini ko‘rishi va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik tavsiya etildi.
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi zaruriyatsiz ko‘chaga va boshqa ko‘ngilochar muassasalarga tashrif buyurmaslikni tavsiya qilgan.
Shuningdek, elchixonaga o‘ta zarur bo‘lmagan hollarda konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turish so‘ralgan.
Elchixona konsullik bo‘limi ishonch telefonlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:
+972 54 485 1397