“Suvxo‘jaliknazorat” isnpeksiyasi axborot xizmatiga ko‘ra, 2025 yil 7 iyunda Vazirlar Mahkamasining 352-sonli qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi foto va videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish va taqdim etganlarni rag‘batlantirish tartibi belgilandi.
Ammo mazkur nizom ichimlik yoki maishiy ehtiyoj uchun suv iste’moliga taalluqli emas.
Aniqlik kiritilishiga, bu tartib sun’iy suv obyektlaridan qishloq xo‘jaligi uchun ajratilgan suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, ortiqcha isrof qilish, kanallarga to‘siq qo‘yish, o‘zboshimchalik bilan nasos qurilmalarini o‘rnatish kabi holatlarga nisbatan qo‘llaniladi.