AsosiyJinoyat

Farg‘onada “Hizb-ut-Tahri”ga aloqador shaxs qo‘lga tushdi

U o‘zi bilan birga yana to‘rt nafar shaxsni tashkilot faoliyatiga jalb qilgan.

'Farg‘onada “Hizb-ut-Tahri”ga aloqador shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida “Hizb-ut-Tahrir” tashkilotining yashirin guruhi a’zolari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmatining axborot xizmati “Darakchi.uz”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida viloyatning Qo‘qon shahrida yashovchi, 1962 y.t., muqaddam “Hizb-ut-Tahrir” tashkilotiga a’zo bo‘lib, Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 2000-2019 yillarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tagan shaxs 1965-1971 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy guruh tuzgan.

Ushbu shaxs 2024-2025 yillar davomida Qo‘qon shahridagi choyxona va oshxonalarda o‘tkazilgan o‘zaro yig‘inlarda guruh a’zolari “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini O‘zbekistonga olib kirilishini, ushbu tashkilot tomonidan chop etilgan kitob va jurnallarda ifodalangan aqidaparastlikni, xalifalik davlati qurish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

Shuningdek, Telegram messenjeridagi yopiq kanalga a’zo bo‘lib, unda “Hizb ut-Tahrir” DЕTga tegishli materiallar bilan muntazam tanishib borishgan.

Ta’kidlash lozimki, guruhning 1971 y.t. a’zosi ham muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotidagi ishtiroki uchun 23 yillik jazo muddatini o‘tab, 2024 yilning aprel oyida ozodlikka chiqqan bo‘lsa, boshqa bir a’zosi esa firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun umrining ma’lum bir qismini panjara ortida o‘tkazgan shaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

    Boshqa yangiliklar