AsosiyDunyo

Telegram asoschisi nega Fransiyadan chiqa olmayapti?

Pavel Durov 9 oydan beri Fransiya chegarasidan boshqa davlatga o‘ta olmagan.

'Telegram asoschisi nega Fransiyadan chiqa olmayapti?'ning rasmi

Telegram asoschisi Pavel Durov amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan ikkinchi intervyusida Fransiyada bo‘lib turgani, mamlakatni ruxsatsiz tark eta olmasligi va bolalari hamda onasi bilan uchrasholmayotganini aytdi.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, dastlab Fransiya hukumati Telegram so‘rovlarga javob bermayotganidan shikoyat qilgan, biroq keyinchalik hech qanday rasmiy so‘rov bo‘lmaganligi aniqlangan.

Bugungi kunga kelib, uni jinoyatchilar Telegramdan foydalangani va ularga qarshi yetarli choralar ko‘rmagani uchun “sohaviy hamkor” sifatida ayblashmoqda.

Durov bu ayblovni haddan tashqari keng talqin deb hisoblaydi. Uning aytishicha, Telegram dunyo bo‘ylab 1 milliard foydalanuvchiga ega va kompaniya yuridik masalalarga katta mablag‘ ajratmoqda.

Durov, shuningdek, hibsga olingach, 4 kun oynasiz va to‘shaksiz kamerada ushlab turilganini bildirdi. U telefonni faqat Telegramni test qilish uchun ishlatganini, hattoki unda SIM-karta ham bo‘lmaganini ta’kidladi.

Durov telefonni doimiy olib yurmasligini, birinchidan — hukumatlar unga Pegasus kabi kuzatuv dasturlarini o‘rnatishi mumkinligini, ikkinchidan esa — bu chalg‘itishini aytdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:33

    Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi

    Yo‘nalishsiz taksi xizmatlarini olib boruvchi haydovchilar litsenziya kartochkasida ko‘rsatilgan hududdagina faoliyat olib borishi mumkin.

    'Rossiya Ukrainaga yana zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:36

    Rossiya Ukrainaga yana zarba berdi

    Hujum ortidan kamida 11 kishi, jumladan, to‘rt nafar bola jabrlangan.

    'Putin: Yangi qurol tizimlari “ochiq dalaga” o‘rnatilmasligi kerak'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:28

    Putin: Yangi qurol tizimlari “ochiq dalaga” o‘rnatilmasligi kerak

    Rossiya prezidenti harbiy-modernizatsiya jarayonida infratuzilmani oldindan tayyorlash zarurligini eslatdi.

    'Ilon Mask Tramp bilan mojaroni to‘xtatdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:26

    Ilon Mask Tramp bilan mojaroni to‘xtatdi

    “Tesla” asoschisi ijtimoiy tarmoqlardagi siyosiy keskinlikni pasaytirishga qaror qilganini aytdi.

    'Polsha parlamenti Tusk hukumatiga ishonch bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:21

    Polsha parlamenti Tusk hukumatiga ishonch bildirdi

    Prezident saylovlaridagi mag‘lubiyatdan so‘ng siyosiy bosim ostida qolgan Donald Tusk o‘z kabineti uchun ishonch ovozini so‘radi.

    'Rossiya harbiy asirlarning maqomini amalda tan olmayaptimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:19

    Rossiya harbiy asirlarning maqomini amalda tan olmayaptimi?

    Federatsiya harbiy asirlarni insoniy huquqlardan mahrum etilgan shaxslar sifatida ko‘rsatmoqda.