AsosiyDunyo

33 ta davlat chuqur suv qatlamlarida foydali qazilma qazib olishni vaqtincha to‘xtatmoqchi

Ular bu orqali global okeanlar va dengiz tubidagi kam o‘rganilgan biologik xilma-xillikni himoya qilishni maqsad qilganini aytmoqda.

'33 ta davlat chuqur suv qatlamlarida foydali qazilma qazib olishni vaqtincha to‘xtatmoqchi'ning rasmi

Nitsada bo‘lib o‘tayotgan BMTning okeanlar bo‘yicha konferensiyasida 33 ta davlat chuqur suv osti qazilmalarini olib borishga vaqtinchalik moratoriy joriy etishni qo‘llab-quvvatladi. Ular bu orqali global okeanlar va dengiz tubidagi kam o‘rganilgan biologik xilma-xillikni himoya qilishni maqsad qilganini bildirdi.

“Dengiz tubi – hali to‘liq o‘rganilmagan hayvonot olamining uyi hisoblanadi va  asrashimiz shart”, — deyiladi sammitda qabul qilingan rasmiy bayonotda.

Hujjatda xalqaro suv hududlaridagi foydali qazilmalar “butun insoniyatning umumiy merosi” sifatida ta’riflanadi. Uni tijorat maqsadida qazib olish esa xalqaro huquqni buzish deb hisoblanadi. Ushbu pozitsiya orqali ko‘plab davlatlar, jumladan Germaniya va Fransiya, AQSH siyosatiga norozilik bildirib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, 2024 yil aprel oyida AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Amerika hududiy suvlarida, shuningdek xalqaro suv hududlarida nikel va kobalt kabi metallarni qazib olishga ruxsat bergan edi.

Bu borada Fransiya chuqur suv konlarini qazib olishga to‘liq taqiq joriy etishni yoqlayotgan bo‘lsa, Germaniya uni vaqtincha to‘xtatishni taklif qilmoqda.

Konferensiyada 130 dan ortiq davlat vakillari global okeanlar uchun tahdid solayotgan muammolar — suv haroratining ortishi, kimyoviy tarkibdagi o‘zgarishlar va plastik ifloslanish — bo‘yicha choralar muhokamasiga kirishgan.

E’tiborlisi, AQSH ushbu muhim sammitga hukumat darajasidagi delegatsiya yubormagan.

Bu chaqiriq xalqaro hamjamiyat tomonidan tabiatni tijorat manfaatlaridan ustun qo‘yish istagining yana bir isboti sifatida baholanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Dangal" filmi qanday qilib dunyo rekordini o'rnatdi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:23

    "Dangal" filmi qanday qilib dunyo rekordini o'rnatdi?

    Hind kinosida "Baahubali" yoki "Pushpa" kabi yirik loyihalar bor. Ammo dunyo bo'yicha eng katta daromad keltirgan film deganida bir nom tilga olinadi. Bu nom "Dangal".

    '“Yevropa davlatlari urushga qo‘shilsa, ularga zarba beriladi” — Tehron'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:04

    “Yevropa davlatlari urushga qo‘shilsa, ularga zarba beriladi” — Tehron

    Yevropaliklarning Eronga qarshi har qanday harakati "urush harakati" sifatida baholanishi ma'lum qilindi.

    'Ferdinand Dubayda dron hujumidan himoyalanganini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:41

    Ferdinand Dubayda dron hujumidan himoyalanganini aytdi

    O‘tgan yili oilasi bilan Dubayga ko‘chib o‘tgan sobiq “Manchester Yunayted” himoyachisi Rio Ferdinand Eron dron hujumlari sabab uylarining yerto‘lasida yashirinishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 05:05

    'Eron AQSHning Quvaytdagi harbiy bazasiga bergan zarbasi oqibatida necha nafar askar halok bo‘lgani ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 03.03.2026 14:54

    Eron AQSHning Quvaytdagi harbiy bazasiga bergan zarbasi oqibatida necha nafar askar halok bo‘lgani ochiqlandi

    Tarmoqlarga sizdirilgan ushbu ma'lumotni AQSh Markaziy qo'mondonligi tasdiqlagan.

    'Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi'ning rasmi

    Dunyo 03.03.2026 10:57

    Buxoroda terrorizmni moliyalashtirgan ota 10 yilga qamaldi

    Suriyadagi jangarilarga kriptovalyuta yuborgan fuqaro sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.