AsosiyDunyo

Kolumbiyada kuchli zilzila yuz berdi

Zilzila 10 km chuqurlikda qayd etilgan.

'Kolumbiyada kuchli zilzila yuz berdi'ning rasmi

Kecha, 8 iyun kuni Kolumbiya poytaxti Bogotada Rixter shkalasi bo‘yicha 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda “Euronews” ma’lum qildi.

Zilzila 10 km chuqurlikda qayd etilgan va u mamlakatning katta qismida sezilgan. Qurbonlar haqida xabar berilmagan. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 08:08 da poytaxt Bogotadan taxminan 186 kilometr janubi-sharqda joylashgan Paratebueno shahridan 17 kilometr shimoli-sharqda sodir bo‘lgan.

Kolumbiya Geologiya xizmati xuddi shu hududda bir necha daqiqadan so‘ng magnitudasi 4 dan 4,6 gacha bo‘lgan qo‘shimcha silkinishlar sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. Tabiiy ofatlar xavfini boshqarish milliy bo‘limi X tarmog‘ida bir nechta hududlarda vaziyatni baholayotganini aytgan.

Kolumbiya Tinch okeani olovli halqasida joylashgan bo‘lib, bu hududda tez-tez seysmik va vulqon faolligi sodir bo‘lib turadi.

    Boshqa yangiliklar