AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatida chiqindi olib ketish tariflari o‘zgaradi

Navoiy shahri va Karmana tumanlari uchun yangi narxlar belgilandi.

'Navoiy viloyatida chiqindi olib ketish tariflari o‘zgaradi'ning rasmi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati kengashi qarori bilan chiqindi tariflari oshadi. Qaror 2025 yil 5 iyun kuni qabul qilingan.

Unga ko‘ra, viloyatning Navoiy shahri va Karmana tumanlari hududlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun to‘lov tariflari ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Navoiy shahrida bir kishi uchun narx QQS bilan 5800 so‘mga yetadi. Karmana shahrida bu miqdor 4950 so‘mni tashkil etadi. Yuridik shaxslar uchun har ikkala hududda narxlar 80 080 so‘mni tashkil etadi.(QQS bilan).

    Boshqa yangiliklar