AsosiyJamiyat

Bugun qator hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Harorat 35 darajagacha ko‘tariladi.

'Bugun qator hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

O‘zgidrometning xabar berishicha, 7 iyun kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-22, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo‘ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 17-22, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

Qashqadaryo viloyatida o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.  

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 20-25, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Momaqaldiroq paytida shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda qidiruvda bo‘lgan mashina haydovchisi YPX xodimidan qochishga urindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:27

    Surxondaryoda qidiruvda bo‘lgan mashina haydovchisi YPX xodimidan qochishga urindi

    Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Prezident Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:16

    Prezident Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    Avvalroq, O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafot etgani haqida xabar bergan edik.

    'Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:52

    Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi

    Uchrashuv davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    'O‘zbekistonda avgustdan boshlab bir oylik harbiy xizmat to‘lovi oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:20

    'O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqmoqda?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:04

    O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatga chiqmoqda?

    Milliy statistika qo‘mitasi so‘nggi ma’lumotlarni ochiqladi.

    'Toshkent viloyatida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab sotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:06