Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yilgacha uzaytirishni taklif qildi. Bu qaror Rossiyaning davom etayotgan noqonuniy hujumlari va Ukrainadagi beqaror vaziyat bilan izohlandi.
Bryussel Yevroittifoq davlatlariga taklif kiritib, o‘zini jamiyatga muvaffaqiyatli moslashtirgan ukrainaliklarga ish, ta’lim, ilmiy faoliyat yoki uzoq muddatli yashash asosida milliy maqom (yashash uchun ruxsatnoma) berishni tavsiya qildi.
Shuningdek, vatanga qaytishni istagan qochqinlar ehtiyojlari ham inobatga olindi. Ular uchun “tanlov qilishda yordam beradigan” tanishuv safarlari tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Yana bir taklifga ko‘ra, Yevroittifoq davlatlari Ukrainadagi rasmiylar bilan hamkorlikda Unity Hubs – ko‘p funksiyali axborot markazlarini yaratishi kerak. Bu markazlar qochqinlarning YEIga moslashuvi va ularning Ukrainaga qaytishini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur tashabbus AMIF jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Jarayonni muvofiqlashtirish uchun Yevrokomissiya ukrainaliklar masalasi bo‘yicha maxsus vakil tayinlashni rejalashtirgan.
Ushbu rejalarning kuchga kirishi uchun uni Yevroittifoq Kengashi rasman tasdiqlashi lozim.