Davlat fuqarolik xizmatchilari o‘z faoliyatida belgilangan odob-axloq qoidalariga amal qilishi shart. Qonunchilikka ko‘ra, ushbu qoidalarga rioya etmaslik – axloqiy va intizomiy jazolarga sabab bo‘ladi.
Nizomga muvofiq, davlat xizmatchisining xulq-atvori belgilangan me’yorlarga zid bo‘lsa, Odob-axloq komissiyasi quyidagi choralarni qo‘llashi mumkin:
-
Ogohlantirish berish
-
Uzr so‘rash yoki rasmiy uzrnoma taqdim etishni talab qilish
-
Tanbeh berish – davlat organining kollegial yig‘ilishida ochiq tanqid qilish
Shu bilan birga, komissiya zaruratga qarab, xizmatchiga nisbatan intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha tashkilot rahbariga rasmiy taqdimnoma kiritishi ham mumkin.