Ma'lum qilinishicha, 1 may kuni soat 21:41 da 112 tizimi orqali "Vorux Dasht" va "Yangiqo‘rg‘on" MFYlarning ayrim ko‘chalarida 90 dan ortiq uy tomorqalarini suv bosgani haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan FVB hamda viloyat va tuman hokimligi vakillari yetib borib, oqibatlarni bartaraf etish ishlari boshlangan.
Barcha zarur kuch va vositalar jalb qilingani, vaziyat to‘liq nazoratga olingani bildirildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, suv toshqini oqibatlari qisqa fursatda bartaraf etilishi kutilmoqda.






