Yangi tizimga ko‘ra, yer uchastkalari auktsion orqali sotuvga chiqariladi. Bunda yer maydonlarining yaxlitligi va sug‘orish tizimlarining saqlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Auktsionlarda O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan barcha fuqarolar va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
G‘olib bo‘lgan ishtirokchi yerni 49 yil muddatga ijaraga oladi va qaysi ekinlarni, qaysi navlarda va qanday hajmda mustaqil ravishda belgilaydi.
Lotlar odatda 3–50 gektar bo‘ladi, ayrim hollarda 500 gektargacha kengaytirilishi mumkin. Boshlang‘ich narx yerning 50% normativ qiymatidan belgilanadi, sotilmasa bosqichma-bosqich arzonlashtiriladi.
Yer uchastkasining boshlang‘ich narxi uning normativ qiymatining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Agar lot sotilmasa, har bir qayta auktsionda narx 10 foizga tushirib boriladi. Bu jarayon narx normativning 10 foiziga yoki auktsion xarajatlari miqdoriga yetguncha davom etadi.
Paxta va g‘alla fermerlari yerning yarmidan voz kechsa, qolgan qismi uchun ijara 49 yilga uzaytiriladi, lekin bu huquq garov sifatida ishlatilmaydi.






