Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shara joriy yilning sentyabr oyida AQSHga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda “Syria TV” xabar berdi.
Telekanalga ko‘ra, tashrif davomida u BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan. Bu Suriyaning BMTda so‘nggi 60 yil ichida ilk prezidentlik darajasidagi chiqishi bo‘ladi.
Qayd etish joiz, Suriyada o‘tish davri hukumati 2024 yil 9 dekabrda, Bashar Asad rejimi qulaganidan so‘ng tuzilgan edi. 2025 yil 29 yanvarda mamlakatning eng yuqori qonunchilik organi bo‘lgan Xalq kengashi tarqatib yuborildi va Vaqtinchalik qonunchilik kengashiga saylovlar e’lon qilindi. 2025 yil 29 martda birinchi o‘tish davri hukumati o‘z faoliyatini yakunladi va uning o‘rniga yangi hukumat tuzildi. Ijro hokimiyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri prezident boshqaradigan tizim joriy qilindi.
2 fevral kuni u Saudiya Arabistoniga ilk xorijiy tashrifini amalga oshirdi. Mazkur tashrif doirasida u Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashdi.