Ma'lum qilinishicha, bu haqda prezident matbuot kotibi Oybek Smadiyarov xabar berdi. Telefon orqali muloqot chog'ida To'qayev Belarus tomoni bilan konstruktiv hamkorlikni alohida ta'kidlagan, Rossiyaning ham o'zaro maqbul yechim topilishidagi hissasini qayd etgan.
Shuningdek, Qozog'iston rahbari Polsha Prezidenti Karol Navrotskiy va Bosh vazir Donald Tusk nomiga minnatdorlik maktubi yuborishni rejalashtirmoqda.
Diplomat Anuar Bakibay Belarus va Polsha o'rtasida "beshga besh" formulasi asosida o'tkazilgan mahbuslar almashinuvi doirasida 28 aprel kuni ozod etilgan. U o'tgan yil iyulda Bydgosh shahrida NATO obyektlari haqida ma'lumot to'plashda gumon qilinib qo'lga olingan edi.






